8378.04 USD +3.94

9488.13 EUR +77.32

129.09 RUB +2.91

11133.6 GBP +234.69

11:39 / 17.04.2018 3986

«Uralskiye avialinii» Qarshiga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda

Foto: uralairlines.ru.

«Uralskiye avialinii» aviakompaniyasi Moskva (Domodedovo) – Qarshi yo‘nalishi bo‘yicha yangi reysni yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda kompaniya saytida xabar berilgan.

Reys 2 maydan boshlab amalga oshiriladi. Moskvadan Qarshiga parvoz – seshanba va chorshanba kunlari, Qarshidan Moskvaga – seshanba hamda payshanba kunlari.

Aviatashuvchi barcha parvozlarni «Biznes» va «Iqtisod» toifasidagi salonlar bilan jihozlangan Airbus avialaynerlarida amalga oshiradi.

Saytdagi ma'lumotga ko‘ra, bir tomonga chipta narxi 9 ming rubldan boshlanadi (taxminan 1,1 mln so‘m).

Top