Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bölinmalari xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Samarqand viloyati Bulunğur tumanida yaşovçi 31 yoşli T.S. (ayol) sodir etgani aniqlangan.

Gumonlanuvçi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan T.S. jabrlanuvçi Ş.I. bilan Telegram messenjeri orqali işqiy yozişmalarni amalga oşirişi davomida unga bir neçta sir saqlanişi lozim bölgan şaxsiy fotosurat va videolarni yuborgan, ma’lum vaqt ötgaç T.S. uşbu fotosurat va videolarni internet orqali tarqatib, uni şarmanda qilişini aytib, qörqitib, fotosurat va videolarni tarqatmaslik evaziga pul talab qilayotgani ma’lum böldi. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, T.S.ning sodir etilib, foş etilmay qolgan boşqa şu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekşiriş maqsadida tezkor-suriştiruv işlari olib borilmoqda.
 
Qonunga muvofiq, JKning 165-moddasi 2-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uçun 5 yildan 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi nazarda tutilgan.