21:20 / 18.04.2018
18110
Foto: O‘zbekistonda harbiy uchuvchilar amaliy parvoz mashg‘ulotlari o‘tkazishdi

Qarshi garnizoni Xonobod qo‘rg‘onchasidagi harbiy aerodromda Mudofaa vazirligi Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va harbiy havo kuchlariga qarashli harbiy qism harbiy uchuvchilari tomonidan ikki kunlik amaliy parvoz mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Tibbiy va ruhiy tayyorgarlikdan o‘tgan mohir harbiy uchuvchilar jangovar shay holatga keltirilgan SU-25 va MIG-29 samolyotlarida bir necha yuz metr balandlikdagi murakkab parvozni amalga oshirishgan.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati «Kun.uz»ga ma'lum qilishicha, ikkinchi kuni esa vertolyotchilar harbiy qismi shaxsiy tarkibi amaliy parvoz mashg‘ulotlarini o‘tkazdi.

«Samo lochinlari MI-24 va MI-8 vertolyotlarida «Xonobod-Kattaqo‘rg‘on» yo‘nalishida harakatlandi. Jangovar vertolyotlarda o‘rnatilgan qurollardan otilgan raketalar Markaziy harbiy okrugi «Kattaqo‘rg‘on» dala-o‘quv maydonidagi nishonlarni yakson etdi», deyilgan xabarda.

Top