Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston harbiylari Pokistondagi aksilterror mashg‘ulotlarida ishtirok etadi
Mashqlar murakkab global xavfsizlik muhitida harbiy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgani ta’kidlanmoqda.
25 fevral kuni Pokiston shimoli-g‘arbida 20 ta davlat ishtirokida harbiy mashg‘ulotlar boshlandi. Bu haqda Arab News xabar berdi.
Qayd qilinishicha, 60 soatlik mashg‘ulotlar yettinchi marta o‘tkazilmoqda. Ular harbiylarning asosiy fazilatlari va ko‘nikmalarini rivojlantirishga, fikr va ilg‘or tajriba almashishga yordam beradi. Ular, shuningdek, murakkab global xavfsizlik muhitida hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgani ta’kidlanmoqda.
Tadbirda jami 20 ta davlat – Pokiston, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Iordaniya, Qozog‘iston, Maldiv orollari, Marokash, Qatar, Shri-Lanka, Tailand, Turkiya, AQSh va O‘zbekiston ishtirok etmoqda. Ozarboyjon, Belarus, Xitoy, Myanma, Germaniya, Indoneziya, Yaponiya va Ummon vakillari kuzatuvchi sifatida qatnashyapti.
«Mashqlar eng yuqori darajadagi jismoniy tayyorgarlik, aqliy chaqqonlik, chidamlilik va real sharoitlarda murakkab vazifalarni bajara turib, turli vaziyatlarda tezkor qaror qabul qilish uchun professional harbiy bilimlarni talab qiladi», deyiladi xabarda.
Pokiston o‘nlab yillar davomida isyonchilarga qarshi kurashib kelayotgan davlat sifatida global tahdidlarga qarshi turish uchun o‘zaro hamkorlik va birgalikda joylashtirish konsepsiyalarini ishlab chiqish maqsadida do‘st davlatlar bilan muntazam ravishda havo, quruqlik va dengizda qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazadi.
Mutaxassislarning fikricha, mintaqa tinchligiga tahdidlardan biri Afg‘onistondagi turli radikal terrorchi guruhlardir.
Mavzuga oid
17:36 / 25.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Pokiston rahbariyatiga ta’ziya yo‘lladi
16:46 / 24.05.2026
Pokistonda terakt oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
21:05 / 20.05.2026
Eron boyitilgan uranni Rossiyaga topshirishni ko‘rib chiqmoqda
23:00 / 18.05.2026