«Real» darvozaboni Keylor Navas va «Liverpul» hujumchisi Sadio Mane UYeFA talqini bo‘yicha chempionlar ligasining hafta o‘yinchisi nomiga davogarlik qilmoqda. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar tarqatdi.
«Real» posboni «Bavariya»ga qarshi javob uchrashuvida (2:2) jamoasini bir necha marta qutqardi va umumiy hisobda 8 ta seyvni amalga oshirdi.
Senegallik futbolchi esa «Roma»ga qarshi javob uchrashuvida hisobni ochuvchi golga mualliflik qilgandi.
Ovoz berish jarayoni UYeFA rasmiy saytida davom etmoqda. Natijalar 4 may kuni e'lon qilinadi.