23:17 / 07.05.2018
8162

Shifokorlar Fergyuson ahvoli haqida ma'lumot berishdi

Foto: Paul Ellis/AFP/Getty Images

«Manchester Yunayted» sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson miyasiga qon quyilishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan va jarrohlik amaliyotidan o‘tgan edi.

Daily Mail xabariga ko‘ra, ayni paytda 76 yoshli Fergyusonning ahvoli barqaror bo‘lib turibdi.

Shifokorlarning ta'kidlashicha, qon quyilishi asoratlarini bartaraf qilishda yaqin 48 soat juda muhim davr hisoblanadi. Bundan tashqari, bemor keyingi bir necha oy davomida tiklanish jarayonini o‘tashi kerak, mana shu davr ham uning taqdirini belgilab beradi.

Mavzuga oid
Top