11:36 / 08.05.2018
6860

Tojikistonda chet elliklar foydasiga pul jo‘natmalari taqiqlandi

Foto: Sputnik / Mixail Mordasov

Tojikistonda joriy yilning mart oyidan boshlab aholiga chet elga mamlakat fuqarosi bo‘lmagan shaxslarga pul jo‘natish taqiqlandi. Bu haqda tojik OAV xabar bermoqda.

Tojikiston Milliy banki «Bank hisob raqamlari ochmasdan jismoniy shaxslar tomonidan transfer operatsiyalari tartibi to‘g‘risida»gi yo‘riqnomaga shunday o‘zgartirishlar kiritdi. 

Yangi o‘zgartirishlarga ko‘ra, Tojikiston fuqarolari bankda hisob ochmasdan o‘z vatandoshlariga 87.500 somoniy ($9,700) o‘tkazishi mumkin. Avval mazkur o‘tkazmani faqat 28 ming somoniy ($3100)gacha amalga oshirish mumkin edi.

Endi Tojikistondan xorijliklarga pul jo‘natish ancha murakkablashadi. Rezident bo‘lmaganlar foydasiga shunga o‘xshash operatsiyani amalga oshirish juda mushkul bo‘ladi.

Tojikiston fuqarolari, yangi qoidalarga ko‘ra, rezident bo‘lmaganlarga pul o‘tkazmalarini faqat istisno tariqasida amalga oshirishi mumkin: xorijiy davriy nashrlarga obuna to‘lovi, ta'lim va davolanishga pul to‘lash, alimentlar, pensiyalar, davlat nafaqalari hamda shunga o‘xshash harakatlarda.

 

Top