8460.92 USD +2.76

9439 EUR -62.05

131.06 RUB +1.32

10760.6 GBP -234.16

00:06 / 01.06.2018 18500

Xiaomi uch yangi telefon, fitnes-bilakuzuk va televizorini namoyish qildi

31 may kungi taqdimotida Xitoyning Xiaomi kompaniyasi Mi 8 lineykasidagi uch yangi telefoni, Mi Band 3 fitnes-bilakuzugi va 75 dyuymli ekran diagonaliga ega Mi TV 4 televizorini namoyish qildi. Shuningdek kompaniya Oculus bilan hamkorlikda ishlangan Mi VR Standalone virtual reallik dubulg‘asini taqdim etdi.

Foto: xiaomi

Mi 8 smartfoni 6,21 dyuymli, FHD+ o‘lchamli va tomonlar nisbati 18,7:9 bo‘lgan Samsung AMOLED ekrani bilan jihozlangan. Qurilma Adreno 630 grafik chipli Snapdragon 845 protsessori asosida ishlaydi. 

Foto: xiaomi

Mi 8'ning orqa panelida 12 Mp'li ikki kamera o‘rnatilgan. Fotoapparatlar va smartfonlar kameralarini baholovchi DxOMark kompaniyasi qurilmaga 99 ball berdi, bu Google Pixel 2 va iPhone X'dan yaxshi, lekin HTC U12+ va Huawei P20'ning ikki modelidan qoladi. Xiaomi kompaniyasida ta'kidlanishicha, Studio Lighting funksiyasi telefonda professional fotostudiya darajasidagi suratlarni olish imkonini beradi.

Mi 8 Explorer Edition oddiy Mi 8'dan shisha orqa panel, displeyda barmoq izlari skaneri va 3D face unlock (smartfonni yuzni skanerlash orqali blokdan yechish) funksiyasi borligi bilan ajralib turadi. Shuningdek Explorer Edition foydalanuvchilari yuz ifodasi yordamida o‘z emodzilarini yaratishlari mumkin.

Foto: xiaomi

Bundan tashqari, Xiaomi 5,88 dyuym ekranli va smartfonlarda birinchi marta qo‘llanayotgan Snapdragon 710 protsessorli ixcham Mi 8 SE smartfonini ishlab chiqaradi. 

Mi 8 va Mi 8 SE Xitoyda 5 va 8 iyun kunlari sotuvga qo‘yiladi. Mi 8 - 2699 yuan, Mi 8 SE esa — 1799 yuanga baholanadi. 3699 yuanga baholangan Mi 8 Explorer Edition biroz keyinroq sotuvga chiqadi.

Mi Band 3 fitnes-bilakuzugi IP68 standartiga binoan suvdan himoyalangan, undan 50 metrgacha chuqurlikdagi suvda foydalanish mumkin. Bilakuzukda 0,78 dyuym diagonalli AMOLED-displeyi, akselerometr va yurak ritmi datchigi o‘rnatilgan.

Foto: xiaomi

Xiaomi kompaniyasiga ko‘ra, bir marta olingan zaryad bilakuzukning 20 kun ishlashiga yetar ekan. Mi Band 3 ikki xil variantda sotuvga chiqadi — to‘lovlar uchun NFC-chip bilan (199 iyun) va usiz (169 yuan).

Foto: xiaomi

 

Top