19:38 / 04.06.2018
7631

Azerbaijan Airlines Bokudan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys ochmoqda

Foto: avsimrus.com

Azerbaijan Airlines Bokudan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reysni ochmoqda. Bu haqda aviakompaniya saytida xabar beriladi.

«Azerbaijan Airlines 2018 yilning 30 iyunidan Bokudan O‘zbekiston poytaxti - Toshkent shahriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni ochmoqda», - deyiladi xabarda.

Reyslar haftasiga bir marotaba (shanba), 1 avgustdan esa - haftasiga ikki martadan (chorshanba va shanba) amalga oshiriladi.

Bir tomonga narxlar 325 manat (taxminan 1,5 mln so‘m)dan boshlanadi. 

Top