19:08 / 21.06.2018
5247
Toshkent aholisiga obodonlashtirish bo‘yicha g‘oyalar bilan bo‘lishish taklif etildi
Foto: KUN.UZ

«Toshkent sizni yaxshi ko‘radi» poytaxt aholisining Toshkentni yaxshilash bo‘yicha g‘oyalari va takliflarini izlash hamda to‘plash onlayn-platformasi ishga tushdi. Takliflar 31 avgustgacha qabul qilinadi.

Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev fuqarolarni poytaxtni yangilashda ishtirok etishga chaqirgan.

-  Men sizlarni Toshkentdagi o‘zgarishlarning hammuallifi bo‘lishga va shaharda sizga aynan nima yetishmayotganini bizga aytib berishga chaqiraman. Sizga qanday bog‘lar kerak va ularda siz nima qilishni xohlaysiz? Transportni qanday bekatlarda kutmoqchisiz? Shaharning ko‘chalari va chorrahalari qanday bo‘lishi kerak? Avtoturargohlar bilan nima qilsa bo‘ladi? Siz o‘rtoqlashing, Toshkent tinglaydi, - degan hokim v.b. o‘z murojaatida.
 
«Toshkent sizni yaxshi ko‘radi» platformasida istovchilar g‘oyani taklif qilishi yoki xaritadagi muayyan joy muammosi haqida aytib berishi mumkin. Yoqqan takliflar uchun ovoz berish, izoh qoldirish va ular bilan ijtimoiy tarmoqlar bo‘lishish ham imkoni bor. 

Top