09:26 / 28.06.2018
17814

Qotilga aylangan fermer xo‘jaligi rahbari qo‘lga olindi

Illyustrativ foto/Reuters

25 iyun kuni Namangan viloyatining Chust tumanida qotillik yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, shu tumanda yashovchi “Mahmudjon-Nodirbek” fermer xo‘jaligi rahbari N.R. shu MFY hududida joylashgan fermer xo‘jaligining dala shiyponida o‘zaro janjal oqibatida tanishi Sarimsoqtepa mahallasida yashagan Sh.A. tanasining bir nechta joyiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan. 

Natijada Sh.A. voqea joyida vafot etgan. N.R. ushlangan.

Top