63-Xalqaro gullar festivali 19 mayda boşlanib, 23 iyungaça davom etadi. 40 kun davom etadigan festivalda gul boğçalari egalari va boğ dizaynerlari özlarining badiiy gul kompozitsiyalarini namoyiş etadi. Bu ularga mahalliy va xalqaro kompaniyalarga özlarini tanitiş imkonini beradi. Tadbirda Janubiy Koreya, Rossiya, Turkiya, Pokiston, Niderlandiya hamda Qirğiziston, Tojikiston, Qozoğiston, Turkmaniston kabi qöşni davlatlardan mehmonlar iştirok etişi kutilyapti.

Gullar paradi Namangan şahrining markaziy köçalari böylab bölib ötadi. Paradda gullar va milliy ramzlar tuşirilgan bayroq bilan bezatilgan yengil avtomobillar, ğalla öriş kombaynlari, öt öçiriş maşinalari, traktorlar, izli avtomobillar va tez tibbiy yordam maşinalari kabi 200 dan ortiq texnika iştirok etadi.

Ma’lumot uçun, Namangan xalqaro gullar festivali ilk bor 1961 yilda ötkazilgan. Şundan beri an’anaviy ravişda har yili taşkil qilinadi.