16:10 / 16.07.2018
16609
Reklama

Andijonning Asaka shahrida korzinka.uz DISKONT supermarketi ishga tushdi

Foto: Korzinka.uz

Andijon viloyatining Asaka shahrida korzinka.uz DISKONT supermarketining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda tarmoqning Telegram-kanalida xabar berildi. 

Foto: Korzinka.uz
Foto: Korzinka.uz

Marosimda qatnashgan Asaka tumani hokimi Erkinjon Yakubov yig‘ilganlarni yangi, har tomonlama qulay savdo hududi bilan tabriklar ekan, kelgusida mahalliy aholi uchun bundanda ko‘proq sharoitlar yaratishni va'da qildi. Jumladan, «Tunu kun mana shu hududda tinimsiz ish olib boryapmiz. Hammasi siz, aziz hamyurtlarimizni rozi qilish uchun amalga oshirilmoqda. Oldinda rejalarimiz ko‘p, mana shu yangi do‘kon og‘iringizni yengil, uzog‘ingizni yaqin qilishiga ishonchimiz komil», deya ta'kidlab o‘tdi. 

Foto: Korzinka.uz
Foto: Korzinka.uz
Foto: Korzinka.uz

Sho‘x milliy taronalar, mazali shirinliklar va quvnoq muhit hamohangligida o‘tgan marosim barobarida xaridorlar mahsulotlarni hamyonbop narxlarda xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Asaka shahridagi Dehqon bozori hududidan joy olgan supermarket ulgurji savdoga asoslangan DISKONT turkumidan bo‘lib, unda tarmoqdagi eng arzon narxlar amal qiladi.

Foto: Korzinka.uz
Foto: Korzinka.uz
Foto: Korzinka.uz

Korzinka.uz tarmog‘i yurtimizning boshqa hududlarida ham faoliyatini kengaytirishni davom ettiradi.

Sayt: www.korzinka.uz

Telegram: @korzinka_uz

Facebook: www.facebook.com/korzinkauz

“Odnoklassniki.ru”: https://ok.ru/korzinkauz

Instagram: www.instagram.com/korzinkauz

Reklama huquqi asosida

Top