O‘zbekistondagi eng yirik supermarketlar tarmog‘i hisoblangan Korzinka 21 oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunda mehmonlar va xodimlari orasida o‘ziga xos savol-javoblar o‘tkazdi. So‘rovnomani o‘zbek tilida ko‘pchilik uchun qiziqarli kontent tayyorlab keluvchi tarixshunos, san’atshunos bloger, tarmoqlarda “Susambil” sahifa va kanallari muallifi sifatida taniqli Nodir Nishonov olib bordi.

Korzinka mehmonlari o‘zbek tilining hayotdagi ahamiyati, yurtimizga kelishidan avval yoki kelganidan so‘ng qunt bilan o‘rganayotgan boshqa millatlar vakillarining munosabatidan ko‘ngillari tog‘dek ko‘tarilishi, O‘zbekistonda yashovchi boshqa xalqlarning ham muloqot qilishga samimiy, chin e’tibor qaratishi ularga nisbatan hurmatining ming chandon oshishi va Korzinka supermarketlaridagi ma’lumot taxtachalari, narxnomalarning ham davlat tilida ekani haqida so‘zlagan.

Bayram savol-javoblari videosida bloger “Korzinka” so‘zining o‘zi ham o‘zbek tili izohli lug‘atidan joy olgani haqida eslatib o‘tadi. Kompaniya nomi bo‘yicha yurtdoshlarimiz tomonidan tez-tez savollar beriladi, ularga tarmoq rasmiy sahifalarida javoblar hamda biznes, marketing bo‘yicha turli tadbirlarda ham rahbariyat vakillari tomonidan to‘liq izoh taqdim etib kelinishini alohida ta’kidlash joiz — o‘zbek tili lug‘at boyligi ikki: ichki (shevalar, so‘z yasash orqali) va tashqi (xorijiy tillardan so‘z olish, o‘zlashtirish) asosida boyiydi.

“Korzinka” so‘zi ham o‘tgan asr o‘rtalaridan mahalliy aholi tilida o‘rnashganligi sababli u o‘zbek tilining izohli lug‘atiga kiritilgan. So‘nggi o‘n yillikda bu so‘zdan ko‘pincha “supermarket” so‘zining ma’nodoshi sifatida ham foydalanib kelinayotgani Korzinka supermarketlar tarmog‘iga o‘ziga xos g‘urur beradi va o‘zbek tilida faol muloqot olib borishi uchun mas’uliyat ham yuklaydi.

Kompaniya rebrendingidan avval va keyin, o‘zbek tiliga bo‘lgan e’tibor karrasiga oshdi:

● avvalgi hisoblash tizimida mahsulotlarning nomi rus tilida chiqarilgan bo‘lsa, bosqichma-bosqich ravishda u o‘zbek tiliga almashtirildi — tarjimonlar guruhi tomonidan 20 000 dan ziyod tovarlar nomi, toifalari, xususiyatlari o‘zbek tiliga o‘girildi,

● supermarketlardagi ko‘rsatkichlar, ma’lumot taxtalari, ko‘chalarda Korzinka bilan bog‘liq reklama va kommunikatsiya e’lonlari asosan o‘zbek tilida yozila boshladi,

● Asaxiy.uz nashriyoti bilan hamkorlikda o‘zbek tiliga tarjima qilingan kitoblar supermarketning o‘quv uchun zarur tovarlar bo‘limidan joy olib kelyapti,