14:00 / 16.07.2018
10754

Kreml: Qrimni «qaytarish» bo‘yicha muloqotlar istiqbolsiz

Foto: AFP

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, Rossiya bilan Qrimni qaytarish bo‘yicha muloqotlar umuman istiqbolsizdir. Bu haqda u RT’ga bergan intervyusida ma'lum qildi.

Matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, Qrim xalqaro huquqqa to‘la amal qilingan holda Rossiyaning mintaqalaridan biriga aylandi.

«Bunga qrimliklar va Rossiya Federatsiyasining qarori turtki berdi. Bu holat Kiyevda o‘shanda yuz bergan voqealar tufayli sodir bo‘ldi. O‘sha voqealarga kim sababchi bo‘lgani va ular kim tomonidan tashkillashtirilgani yaxshi ma'lum», - deya ta'kidlab o‘tdi Peskov.

Mavzuga oid
Top