Matbuot uçun brifing çoğida RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovdan Ukraina rahbari yahudiy bölsa, «Krokus Siti Holl»dagi teraktda qanday qilib «Ukraina izi» bölişi mumkinligi haqida söraşdi. Kreml vakili esa Zelenskiy — «öziga xos yahudiy» ekanini aytdi.
Jurnalistning brifingdagi savoli va Peskovning unga javobi quyidagi körinişda bölgan:
Savol: Şunday savolga javob topiş mumkinmi: Kremldagilar u yerda nima bölganda ham yahudiy rahbarlik qilişini inobatga olgan holda teraktni sodir etganlar Ukraina rahbariyati bilan qandaydir aloqador bölişi mumkin deb hisoblaydimi?
Peskov: Xöş, u yerda Kiyev rejimi rahbariyatiga singib ketgan millatçilik ruhiga simpatiya va moyillik körsatadigan öziga xos yahudiy ötiribdi. Buni faktlar va bayonotlarga tayangan holda mutlaqo aniq qilib aytiş mumkin.
Aloqadorlikni qanday tarzda aytiş masalasiga kelsak, buni har qanday tarzda aytiş mumkin. Va ehtimol, şarhlovçilar va tahlilçilarda şunday imkon bor. Ammo yana bir bor takrorlayman, tergov ketayotgan mahalda heç bir rasmiy idora bu borada bayonot bera olmaydi. Lekin sizga prezident Putin sönggi ikki kunda bergan bayonotlarini diqqat bilan qayta öqib çiqişni maslahat beraman. Bu kontekstda ular juda muhimdir.
Vladimir Putin 23 mart kuni, «Krokus Siti Holl»dagi teraktdan qariyb 20 soat vaqt ötganidan keyin rossiyaliklarga qilgan murojaatida tört nafar terrorçi Ukrainaga ketiş yölida qölga olingani, ular uçun Ukraina tomonda göyoki çegaradan ötiş uçun «tuynuk» tayyorlangan bölganini ma’lum qilgandi.
25 mart kuni Putin «terrorçilar jinoyatni qilgaç, nega Ukraina tomonga qarab qoçgani, ularni u yerda kim kutib turgani» haqidagi savolga javob topiş lozimligini aytdi. «Kiyev rejimini qöllab-quvvatlovçilar terrorga şerik va terrorizm homiysi bölib qolişni istamasligi ma’lum. Ammo savollar çindan ham juda köp», — degan RF prezidenti. U terakt «radikal islomçilar qöli bilan» amalga oşirilganini aytgan, ammo Putinning fikriça, AQŞ boşqa mamlakatlarni «Moskva teraktida göyoki Kiyev izi yöqligi, qonli teraktni islom diniga e’tiqod qiluvçilar sodir etgani»ga işontirmoqçi bölmoqda.














