17:50 / 26.07.2018
50826
Xorazmlik ayol bosh prokurorning xonasiga bostirib kirmoqchi bo‘ldi

Bosh prokuraturaga shikoyat bilan kelgan ayol sabrsizlik qilib, javobni kutmagan va O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurori bilan uchrashuvni talab qilgan.

«Bu ayol bir necha daqiqa avval Bosh prokuraturaga shikoyat bilan keldi. Uning shikoyati tegishli shaxslar tomonidan ko‘rib chiqilayotganiga qaramay, u O‘zbekiston bosh prokurori bilan uchrashishni talab qildi, garchi o‘sha kuni Bosh prokuratura rahbari fuqarolarni qabul qilmayotgandi. Keyinchalik u bu ayolni qabul qildi», - deyiladi «O‘zbekiston24» telekanali lavhasida.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Tojigul Kenjayeva Xorazm viloyati Shovot tumani tibbiyot muassasasida ishga tiklash haqidagi masala bilan murojaat qilgan.

Shu bilan birga, tekshiruv davomida u mehnat qonunchiligini muntazam ravishda buzib kelgani aniqlandi. Bundan tashqari, so‘nggi ikki yil davomida laborant sifatida ishlab, u fuqarolarga RW bo‘yicha 4 mingdan ortiq soxta ma'lumotnomalarni taqdim etgan.

Bosh prokuror vaziyatni aniqlashtirish maqsadida ishchi guruh tuzish va Xorazm viloyatida barcha ma'lumotlarni joyida tekshirish haqida ko‘rsatma berdi.

Huquqni muhofaza qilish organlari Tojigul Kenjayeva tibbiy xizmat ko‘rsatish va mehnat qonunchiligi qoidalarini haqiqatdan ham buzganligini aniqladilar.

«Afsuski, ba'zi odamlar prokurorlar barcha muammolarni ularning foydasiga hal qilib berishi kerak, deb hisoblashadi, biroq ular hamma narsa qonun doirasida amalga oshirilishini unutishadi», - deya ta'kidlanadi lavhada.

Top