Namangan viloyatining Pop tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, 7 avgust kuni Obod mahallasida yashovchi X.M. mast holda shu mahalla hududida o‘zaro janjal oqibatida qo‘shnisi D.Sh.ning qorin va ko‘krak qismlariga qo‘llari bilan urib, jarohat yetkazgan.
Natijada D.Sh. olgan tan jarohatlaridan uyida vafot etgan. X.M. qo‘lga olingan.