8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

15:40 / 14.08.2018 19855

Xalq ta'limi vaziri o‘rinbosari turk lirasi bilan bog‘liq vaziyat boshqa valyutalar bilan ham sodir bo‘lishidan ogohlantirdi

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vaziri o‘rinbosari Otabek Nazirov feysbukdagi sahifasida Turkiya lirasining keskin qadrsizlanishiga munosabat bildirib o‘tdi.

«​​Turkiya lirasi bilan yuz berayotgan narsalar istalgan valyuta bilan sodir bo‘lishi mumkin.

Biz ehtiyotkor bo‘lishimiz hamda imkon qadar chet el valyutasidagi qarzlar, shu jumladan, suveren tashqi qarzlarning ko‘payishidan tiyilishimiz kerak», degan vazir o‘rinbosari.

1 avgust kuni AQSh moliya vazirligi Turkiya adliya vaziri Abdulhamit Gul va ichki ishlar vaziri Sulaymon So‘yluga nisbatan sanksiya joriy etdi. Bu 2016 yil iyunidagi voqealardan keyin qo‘lga olingan amerikalik diplomatlar hamda pastor Endryu Bransonni qo‘yib yuborish haqidagi talab bajarilmaganiga javoban amalga oshirildi.

Shundan so‘ng, AQSh prezidenti Donald Tramp Turkiya po‘lati va alyuminiysiga bojlarni ikki barobarga oshirish haqidagi qaror qabul qildi. Natijada lira kursi qulay boshladi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, yil boshidan buyon turk lirasi o‘z qiymatining 27 foizini yo‘qotdi. 13 avgust kuni 1 AQSh dollari 7,1 turk lirasiga sotilgan. Holbuki, 2 yil muqaddam 1 AQSh dollari 2,95 liraga teng edi.

Top