Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 23:24 / 23.12.2021
8888
1 daqiqa o‘qiladi
Turk lirasi rekord qadrsizlanishdan keyin mustahkamlanmoqda
Foto: AFP
Turk lirasi keskin qadrsizlangandan keyin mustahkamlanmoqda. Hozirda kurs bir dollarga 10,84 lirani tashkil qilmoqda. Vaholanki, dushanba kuni, 20 dekabrda lira rekord darajada qadrsizlanib, uning kursi bir dollar uchun 18,4 liragacha tushib ketgandi. Biroq kun yakuniga kelib lira mustahkamlana boshlagan. Oxirgi marta kurs bir dollarga 10,84 lirani bir oy oldin tashkil qilgan.
Lira Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 20 dekabrda kursning o‘ynashiga qarshi yangi choralar e’lon qilgandan keyin mustahkamlana boshlagan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish