23:15 / 18.08.2018
20009

«Yuventus» Ronalduning debyut o‘yinida juda qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi

Foto: AFP

A Seriyada 2018/19 mavsumi start oldi.

Dastlabki o‘yinda «Kevo» va «Yuventus» klublari belashdi. 

O‘yinning 3-daqiqasidayoq Xedira gol urib, «Yuventus»ni hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq, «Kevo» sarosimaga tushmadi va keyinchalik 2ta gol urib, tarozini o‘z tomoniga og‘dirdi. O‘yin tugashiga 15 daqiqa qolganida Bani o‘z darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni tenglashtirdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Bernardeski goli «Yuventus»ga g‘alaba keltirdi.

Foto: Teledakar

Italiya chempionati, 1-tur
Kevo – Yuventus 2:3 (1:1, 1:2)

18 avgust, «Mark Antonio Bentegodi» stadioni
Gollar: 0:1 – 3 Xedira, 1:1 – 38 Stempinski, 2:1 – 56, penalti Jakkerini, 2:2 – 75, avtogol Bani, 2:3 – 90+3 Bernardeski. 
Kevo – Sorrentino (Shemper, 90), Rossettini, Tomovich, Kachchatore, Bani, Rigoni, Depaoli, Xetemay (Obi, 78), Radovanovich, Jakkerini, Stempinski (Jorjyevich, 66).
Yuventus – Shchensni, Bonuchchi, Aleks Sandro, Joau Kanselu, Kellini, Kuadrado (Bernardeski, 56), Pyanich, Xedira (Jan, 84), Duglas Kosta (Manjukich, 64), Dibala, Ronaldu.
Ogohlantirish: Radovanovich (60).

 

Top