Bu safargi dam oliş kunlari nafaqat futbol muxlislari, balkim har qanday insonni ham televizor qarşisiga olib kelişga qodir bölgan uçraşuv bizni kutib turibdi. El-klasiko haftasi deb işlatişimiz mumkin bölgan bu kunlarda tabiiyki, boşqa katta uçraşuvlar ham bor. Angliyada asrimizning dastlabki va keyingi dekadasidagi eng sovrindor klublar Mançesterning rangi qanaqa ekaniga yana javob qidirişsa, Italiyada sönggi ikki mavsum çempionlari özaro töqnaş keladi.

BARSeLONA – ReAL MADRID (28 oktyabr, 19:15)

Albatta, bu uçraşuvni alohida anons qiliş şart emasdek, zero futbol muxlislari Ispaniya çempionati taqvimi çiqqan paytdayoq El-klasiko öyini qaçon bölişini axtarişga tuşişadi, bu öyinga qarab kunni, haftani rejalaştirişadi, hatto futbolni faqat jahon çempionatlarida tomoşa qiladiganlar ham «Real» va «Barselona» töqnaşuviga befarq bölmaydilar. Töğri, avval Ronaldu, keyin Messi La Ligani tark etgaç, göyoki, uşbu öyinlar maqomi pasaygandek, futbol markazi Angliyaga köçgandek tuyuldi, ammo biz bilamizki, bu uçraşuvning tarixiy ahamiyat har qanday futbol yulduzidan ustun turadi va vaqt ötgaç, özining butunlay yangiça çizgilari, boşqa qahramonlari bilan böy körsataveradi.

Masalan, Jud Bellinhem Madridda kutilganidan ham ança yuqori darajada debyut qildi. Uning körsatkiçlarini asosan raqiblarning saviyasi bilan boğlayotganlar Bellinhemni endi El-klasiko fonida baholaş imkoniga ega böladilar. Yamal, Fermin Lopes kabi «Barselona»ning yangi yulduzlari uçun ham bu ilk haqiqiy klasiko böladi.

Foto: Getty Images 

Umuman olganda, El-klasikoning aynan şu kunlarda bölayotgani qaysidir ma’noda «Real» foydasiga işlaşini taxmin qiliş mumkin. Çunki kataloniyaliklarda jarohatlar juda köp va aksariyat nomlar asosiy tarkib futbolçilaridir. Kunde, De Yong, Rafinya, Levandovski, Pedri, Serjio Roberto şular jumlasidan, buning ustiga, «Şaxtyor»ga qarşi YeÇL öyinida Feliş ham jarohat tufayli maydonni tark etgaç, «Barselona» muxlislarining xavotiri yanayam oşgan bölsa kerak. Ammo uning jarohati yengil bölib çiqdi. Şuningdek, ba’zi xabarlarga köra, Levandovski va Rafinya ham El-Klasikoda qatnaşiş uçun bor imkoniyatni işga solişmoqda ekan. Polşalik hujumçi hatto ilk daqiqalardan tarkibdan joy oliş ehtimoli ham yöq emas. Nima bölgandayam, Xavi içki imkoniyatlardan samarali foydalanyapti, akademiya vakillari kerakli paytda jamoa joniga oro kirişmoqda. «Barselona» barça musobaqalarda hali biror marta mağlubiyatga uçramagan yagona ispan jamoasi bölib turibdi.

Şuningdek, «Barselona» yana ikki körsatkiç böyiça Ispaniyada tengsiz – jamoa eng köp (30) xavfli vaziyat yaratgan, hamda quruq öyinlar soni (5) böyiça ham eng yaxşi körsatkiç qayd etgan. «Real» esa safar öyinlari borasida La Ligada eng yaxşi bölib turibdi.