19:30 / 19.08.2018
31456

O‘zbekiston olimpiyachilari Tailandni ham yengdi va guruhda 100 foizlik natija qayd etdi

Indoneziyada bo‘lib o‘tayotgan XVIII Yozgi Osiyo o‘yinlari erkaklar futboli musobaqasida guruhda muddatidan oldin birinchi o‘rinni naqd qilgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi so‘nggi uchrashuvda ham jangovar tarkib bilan maydonga chiqib, Tailand terma jamoasi ustidan g‘alaba qozondi.

Foto: Hasan Pirmuhammedov
Foto: Hasan Pirmuhammedov
Foto: Hasan Pirmuhammedov

Uchrashuvning 17-daqiqasida hujumchi Zabihillo O‘rinboyev hisobni ochdi, u Ikrom Aliboyev tomonidan yetkazib berilgan uzatmani boshi bilan darvozaga aniq yo‘lladi va jamoasiga g‘alaba keltirdi — 1:0.

Jaloliddin Masharipov 40-daqiqada penaltidan foydalana olmadi, uning bergan zarbasini Tailand darvozaboni to‘sib qolishga muvaffaq bo‘ldi.

Foto: Hasan Pirmuhammedov
Foto: Hasan Pirmuhammedov
Foto: Hasan Pirmuhammedov

Shu tariqa, Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi guruhda 100 foizlik ko‘rsatkich qayd etib, 9 ochko bilan 1-o‘rinni egalladi.

Uchinchi turda Qatar ustidan 90+3 daqiqada urilgan gol evaziga g‘alaba qozongan Bangladesh terma jamoasi guruhda ikkinchi o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 23 avgust kuni 1/8 finalda A, C yoki D guruhida 3-o‘rinni egallagan Indoneziya, BAA yoki Pokiston terma jamoalaridan biri bilan bahs olib boradi

Foto: Hasan Pirmuhammedov

Futbol. XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari. «V» guruhi, 3-tur

TAILAND – O‘ZBeKISTON 0:1 (0:1)

Gol: Zabihillo O‘rinboyev (17).

Aniq amalga oshirilmagan penalti: Jaloliddin Masharipov (40)

Tailand: Kvanchay Suklom, Pavi Tansatemi, Suriya Singmuy, Shinnafat Liao, Fitivat Sukjitsummakul, Nopfon Fonkam, Vorachit Kanitsribumfen (Montri Promsavat, 69), Chenrop Shamfaodi (Sapachay Shayded, 60), Chayavat Buran (Tanasit Siripala, 84), Rattanokorn Maykami, Supachok Sarachat.

O‘zbekiston: Botirali Ergashev, Rustamjon Ashurmatov, Hojiakbar Alijonov, Akromjon Komilov (Abbosjon Otaxonov, 55), Jaloliddin Masharipov, Odiljon Hamrobekov, Zabihillo O‘rinboyev, Javohir Siddiqov (Xurshid G‘iyosov, 81), Ikromjon Aliboyev, Azizbek Turg‘unboyev (Dostonbek Hamdamov, 58), Dostonbek Tursunov

Ogohlantirishlar: Shinnafat Liao (28), Kvanchay Suklom (40) — Rustamjon Ashurmatov (90+4)

18 avgust. Sibinong. Pakansari stadioni. Bosh hakam: Bijon Haydariy (Eron)

 

BANGLADeSh – QATAR 1:0 (0:0)

Gol: Buyan (90+3)

Top