18:12 / 27.08.2018
17210

Olmazor Business City'ga rahbar tayinlandi

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Toshkent shahar hokimi qaroriga muvofiq Umid Ahmadjonovich Umarov “Olmazor Business City» yangi tadbirkorlik markazini qurish, ekspluatatsiya qilish direksiyasi” davlat unitar korxonasining rahbari etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Umid Umarov Toshkent Vestminster universitetining xalqaro tijorat huquqi mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan.

Mehnat faoliyatini 2003 yilda “Zarafshon-Nyumont” QKda direktor tarjimoni sifatida boshlab, 2009-2016 yillarda “Navoiy tog‘ metallurgiya kombinati” DUK huquqshunosi, direktor o‘rinbosari, 2017-2018 yillarda “Gold Aziya Zarafshon” MChJ direktori o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

2018 yildan “Tashkent city” DUK direksiyasida yuridik bo‘lim boshlig‘i vazifasida mehnat qilib kelayotgan edi.

Top