19:39 / 29.08.2018
6908

3D-printerda ko‘zi ojizlarga ko‘rish imkonini berishi mumkin bo‘lgan sun'iy ko‘z bosildi

Foto: University of Minnesota

AQShning Minnesota universiteti olimlari 3D-printerda ko‘zi umuman ko‘rmaydigan odamlarga ko‘rish imkonini berishi mumkin bo‘lgan bionik ko‘zni bosib chiqarishdi. Implantni yaratish uchun bir soatga yaqin vaqt ketgan.

Sun'iy ko‘z shisha, yarimo‘tkazgichli polimerlar va kumush zarralaridan yaratiladi. Polimerlar yorug‘likni elektr energiyaga aylantiradi. Elektr energiya esa inson miyasiga uzatiladi. Sun'iy ko‘zning ilk prototipi quyosh nurlarining 25 foizini elektr energiyaga aylantira olgan, bu esa olimlar tomonidan ijobiy natija sifatida baholangan.

Olimlar tadqiqotlarining keyingi bosqichida ko‘proq elektr o‘tkazuvchanlikka ega yengilroq retseptorlardan iborat ko‘zni yaratishmoqchi. Yaqin kelajakda bunday ko‘z ko‘r odamlarga o‘rnatilishi mumkin. 

Mavzuga oid
Top