Meksikada 3D-printerda nochor oilalar uchun birinchi uylar qurib berildi

Meksikaning Tabasko shtatida nochor oilalar uchun qishloq qurish loyihasini amalga oshirayotgan Icon startapi va New Story hamda Echale notijorat tashkilotlari 3D-printer yordamida bo‘lg‘usi qishloq uchun ikkita ilk uyni qurib berdi. Bu haqda Dwell nashri xabar berdi.
Uylar Icon Vulcan II printerida maxsus beton aralashma yordamida barpo etilgan. Ushbu printer tez-tez o‘zgarib turadigan ob-havo va cheklangan resurslar sababli an'anaviy qurilishni olib borish murakkab bo‘lgan qishloq joylari uchun ishlab chiqilgan. Uylarning qurilishida hududning yuqori seysmik faolligi hisobga olingan.
Ikkita yotoqxona, mehmonxona, oshxona va sanuzelga ega namunaviy uyning maydoni 46,5 kvadrat metrni tashkil qilib, uni printerda bosish uchun bor-yo‘g‘i 24 soat talab etiladi. Startap hammasi bo‘lib qishloqda 50 ta shunday uy qurmoqchi. Bir uyni bosishga ketadigan sarf-xarajat oshkor qilinmagan.
Uylar yashash uchun barcha vositalar bilan ta'minlangan. Ushbu uylar atalgan oilalar ularga 2020 yil boshida ko‘chib o‘tadilar.
3D-bosma texnologiyasi uylar va boshqa inshootlar qurishda tobora keng qo‘llanmoqda. Misol uchun, 2018 yil oxirida Shanxayning innovatsion bog‘laridan birida 3D-printerda bosilgan dunyodagi eng uzun beton ko‘prik paydo bo‘lgandi. Yoysimon ko‘prikning uzunligi 14,1 metrni, eni esa 4 metrni tashkil qiladi. Ko‘prik Xebey provinsiyasidagi 1,5 ming yillik tarixga ega eski ko‘prikning nusxasi hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ozarboyjon Rossiyani ikki ozarboyjonlikni o‘ldirganlikda aybladi va tergov talab qildi
Jahon | 23:45 / 28.06.2025
-
Toshkentning Sergeli tumanidagi to‘yxonada yong‘in chiqdi
Jamiyat | 23:10 / 28.06.2025
-
Isroil Eronni jilovlash bo‘yicha yanada keskin siyosat boshlanganini e’lon qildi
Jahon | 23:02 / 28.06.2025
-
Rossiya bosqiniga 160 yil, pensiya yoshini oshirish taklifi va administratsiyada o‘zgarishlar - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 23:00 / 28.06.2025
Mavzuga oid

18:43 / 10.06.2025
Meksikada 42 tonna metamfetamin musodara qilindi

23:16 / 05.06.2025
AQSh qurol ishlab chiqaruvchilari Meksikaga 10 mlrd dollar tovon to‘lamaydigan bo‘ldi

23:19 / 21.05.2025
Toshkentda Meksika va Yevropa orqali AQShga yuborishni va’da qilganlar ushlandi

15:18 / 18.05.2025