01:06 / 09.09.2018
67280
Rog‘un GESi ishlay boshlashiga qancha qolganini ko‘rsatuvchi tablo ishga tushirildi
Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati

Tojikistonda Rog‘un gidroelektr stansiyasining birinchi gidroagregati ishga tushirilishiga qancha qolganini ko‘rsatuvchi teskari hisobli tablo ishga tushirildi. Bu haqda GES aksiyadorlik jamiyati saytiga iqtibos keltirgan holda “Avesta” axborot agentligi ma'lum qildi

Tabloga ko‘ra, 69 kundan keyin gidroagregat foydalanishga kiritiladi.

Hozirda Rog‘unni qurish bilan shug‘ullanayotgan Salini Impregilo italyan kompaniyasi birinchi agregatni 16 noyabrda ishga tushirishga va'da bergan. 

Umuman, Rog‘un GESida loyihaviy quvvati 600 megavatt bo‘lgan 6 ta gidroagregat o‘rnatiladi. Stantsiyaning umumiy quvvati esa 3600 megavattni tashkil qiladi. Bu esa uni Markaziy Osiyodagi eng yirik GESga aylantiradi.

Top