02:00 / 16.09.2018
21453

«Real» mavsumda ilk bor ochko yo‘qotdi

Foto: EPA

"Real Madrid" Ispaniya chempionatining 4-turida "Atletik Bilbao" maydoniga safar qildi. "San Mames" stadionida kechgan o‘yin 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. 

Uchrashuvning 32-daqiqasida Muniain maydon egalarini hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 63-daqiqasida esa Isko gol kiritib, yakuniy hisob durang bo‘lishini ta'minladi. 

Shu tariqa, "Real Madrid" mavsumda ilk bor ochko yo‘qotdi. Madridliklar 10 ochko bilan musobaqa jadvalining ikkinchi pog‘onasida bormoqda. "Atletik Bilbao" esa 5 ochko bilan 4-o‘rinni egallab turibdi. 

Musobaqa jadvalida 12 ochko to‘plagan "Barselona" peshqadamlik qilmoqda. 

Atletik Bilbao – Real Madrid 1:1 (1:0, 0:1)

Gollar: 1:0 – 32 Muniain, 1:1 – 63 Isko.
Atletik – Mendibil, Yyeray Alvares, Berchiche, De Markos, Martines, Benyat (Mikel Riko, 81), Dani Garsiya, Susayeta, Raul Garsiya, Muniain (Kapa, 54), Inyaki Uilyams (San Xose, 76).
Real Madrid –    Kurtua, Ramos, Marselo, Karvaxal, Varan, Modrich (Isko, 61), Kroos, Asensio, Sebalos (Kazemiro, 46), Beyl (Vaskes, 75), Benzema.
Ogohlantirishlar: Yyeray Alvares (45), Dani Garsiya (60), Kapa (68), Berchiche (72), Benyat (78), Karvaxal (85), Vaskes (87), Mendibil (90).

Top