16:05 / 18.09.2018
14190

Fuqaro 150 AQSh dollarini pora sifatida bermoqchi bo‘lganida qo‘lga olindi

Illyustrativ foto

Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

16 sentabr kuni Surxondaryo viloyati Transportda jamoat xavfsizligini ta'minlash bo‘limi xodimi o‘z rahbariga axborot berib, unda Termiz temir yo‘l aloqa va imorat korxonasiga tegishli bo‘lgan turli rusumli avtoulovlarga belgilangan me'yordan ortiq yoqilg‘i sarflanganligi uchun avtomashinalar yo‘l o‘lchagich moslamalarni fotosuratga tushirib olganligi va ushbu foto suratlarni o‘chirib tashlashi evaziga shu korxona mexanigi, Jarqo‘rg‘on tumanida yashovchi Y.B. unga 150 AQSh dollarini pora sifatida taklif qilayotganligini ma'lum qilgan.

Mazkur axborot yuzasidan 16 sentabr kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida fuqaro Y.B. xodimga xizmat xonasida unga 150 AQSh dollarini pora sifatida berayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan. 

Holat yuzasidan prokuratura tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top