Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda milodiy IX-XVI asrlarga oid xum idishlar topildi
Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida milodiy IX-XVI asrlarga oid xum idishlar topildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati
Sariosiyo tumani Sarijar mahallasida yashovchi fuqaro Erkin Tulakov o‘z tomorqasida issiqxona qurish uchun yer kavlayotgan paytida taxminan yarim metr chuqurlikda katta xum gardishiga duch kelgan.
Qazish ishlarini davom ettirib, ushbu gardish balandligi taxminan 1,50-1,60 metr bo‘lgan, butun saqlangan bir dona ulkan xum ekanligiga guvoh bo‘lgan va topilma yuzasidan mahalla fuqarolarga yig‘iniga, undan keyin viloyat Madaniy meros boshqarmasiga xabar qilgan.

Madaniy meros boshqarmasi hamda Termiz arxeologiya muzeyi mutaxassislari tomonidan ushbu xum atrofida olib borilgan arxeologik kuzatuv ishlari natijasida bu yerda yana uch dona xum mavjudligi aniqlandi. Barcha xumlar zarar yetkazilmagan holda qazib olindi.

Dastlabki o‘rganish natijalariga ko‘ra, xumlarning ikki donasi IX-XIII asrlarga, yana ikkitasi XIV-XVI asrlarga oid ekani taxmin qilinmoqda.
Mavzuga oid
18:21 / 17.01.2026
Surxondaryoda avtosalon mansabdori yuzlab odamni chuv tushirdi
11:12 / 14.01.2026
Surxondaryoda 9-sinf o‘quvchisi 11-sinf o‘quvchisi tomonidan zo‘rlangani aytilmoqda
13:13 / 30.12.2025
Farg‘ona vodiysi va Surxondaryoga tezyurar elektropoyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
17:52 / 24.12.2025