20:04 / 19.09.2018
13698
Bu texnologiyalarni kutish baribir befoyda

Tsivilizatsiya shaxdam qadamlar bilan olg‘a siljimoqda. O‘tgan asrning 60-80-yillarida fantastik filmlarda namoyish etilgan ko‘p buyumlar tez orada kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylanadi. Biroq bari u qadar oson emas. Hech qachon paydo bo‘lmaydigan texnologiyalar haqida hikoya qilamiz.

Foto: Fotolia

Odam teleportatsiyasi

Albatta, fotonlar teleportatsiyasi sodir bo‘ldi. Biroq odam bilan bunday bo‘lishi tasavvurga sig‘maydi. Bu teleportatsiya tamoyili bilan bog‘liq. Odamni boshqa vaqtga joylashtirish uchun uni bir necha qismlarga ajratib, nusxa olish kerak. Ana o‘shanda siz emas, sizning nusxangiz joylanadi. Aslini esa yo‘qotish kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, jarayon juda murakkab. Chunki agar teleoperator bitta molekulaga adashib noto‘g‘ri yig‘sa, nima sodir bo‘lishi, nusxangiz sizning o‘zingiz bo‘lish bo‘lmasligi noma'lum.

Foto: Warner Bros. & Dreamworks Pictures

Vaqt mashinasi

Bu eng mashhur fantastik texnologiyalardan biri bo‘lsa kerak. Biroq yana kamida million yildan keyin ham bu texnologiyadan foydalanish imkoniyati bo‘lmasa kerak. Gap shundaki, bu kabi vaqtlararo sayohat uchun qora nuqta va yulduz energiyasi zarur bo‘ladi.

Foto: Fotolia

Fikrlarni o‘qiy olish

Bu yerdagi muhim jihat: odam miyasi juda murakkab. Albatta, texnologiyalar obraz va tuyg‘ularni o‘qiy oladi. Biroq fikrlarimiz miya bo‘ylab juda “tartibsiz” joylashgan. Aynan shuning uchun ham bu texnologiya imkonsiz: u miya anatomiyasiga zid.

Foto: Fotolia

Doimiy dvigatel

Doimiy dvigatel – ishni quvvat sarflamasdan bajarib, barini issiqlikka aylantiradi. Bu termodinamikaning birinchi va ikkinchi qoidasiga zid bo‘lgan buyum. Energiya hech narsadan paydo bo‘lmaydi. Bundan tashqari, borliqda entropiya doimo o‘sib boradi. Shuning uchun fizika nuqtai-nazaridan doimiy dvigatelning mavjud bo‘lishi imkonsiz.

Ilm-fan nuqtai imkonisiz bo‘lgan qanday texnologiyalarni bilasiz?

Top