12:30 / 23.09.2018
30288
Joshua va Povetkin o‘rtasida revansh bo‘lmaydi

Rossiyalik 38 yoshli bokschi Aleksandr Povetkin hamda buyuk britaniyalik 28 yoshli Entoni Joshua o‘rtasida revansh jang o‘tkazilmaydi. 

TASS xabariga ko‘ra, shartnomada revansh o‘tkazish faqat rossiyalik bokschi g‘alaba qozongan holda ko‘zda tutilgandi.

23 sentabrga o‘tar kechasi Londondagi «Uembli» stadionida kechgan jangning yettinchi raundida Joshua Povetkinni nokautga uchratdi va WBA Super, WBO, IBF va IBO kamarlarini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Jangdan keyin Povetkinga tibbiy yordam ko‘rsatishga to‘g‘ri keldi.

Top