16:03 / 24.09.2018
39063

Olimlar qay holatda uxlash sog‘liq uchun zararligini aniqlashdi

Foto: Depositphotos

Amerikada joylashgan Mayo shifoxonasi mutaxassislari qay holatda uxlash inson salomatligi uchun ziyon ekanligini aniqlashdi. Bu haqda o‘tkazilgan tadqiqotlarga tayanib Bustle portali xabar bermoqda.

Qo‘lga kiritilgan natijalarga ko‘ra, qorinni yerga berib uxlash salomatlik uchun o‘ta xavflidir. Bu holatda inson to‘liq nafas ololmaydi. Bundan tashqari, bu vaziyatda bo‘yin sohasidagi mushaklar qotib qoladi. Bu esa tomirlar uchun zararlidir. Aynan mana shunday holatda uxlash ichki organlarga kuchli bosim o‘tkazar ekan.

Top