16:50 / 24.09.2018
6779

Texasda qamoqxonaga berish mo‘ljallangan bananlar orasida 18 million dollarlik kokain borligi aniqlandi

Texas jinoyat ishlari bo‘yicha departamenti xodimlari giyohvand moddalar kontrabandasi bo‘yicha g‘aroyib hodisa yuz berganini ma'lum qilishdi. Ularning yozishicha, qamoqxonaga berish mo‘ljallangan bananlar orasida yirik miqdorda kokain borligi aniqlangan.

Foto: Texas jinoyat ishlari bo‘yicha departamenti

Meksika ko‘rfazidagi portda hech kim olib ketmagan bananlarni Wayne Scott Unit qamoqxonasiga berishga qaror qilingan. Qutilarni tushirayotgan qo‘riqchilar qutilarning og‘irligi «qandaydir shubhali» ekanligini sezishgan. Qamoqxona xodimlari qutilardan birini ochib ko‘rib, bananlar ostida kokain borligini ko‘rishgan. Qutilar ichida jami 18 million dollarlik kokain bo‘lgan 540ta paket topilgan.

AQSh chegara xizmati va giyohvandlikka qarshi kurash bo‘limi bu holat yuzasidan surishtiruv ishlarini boshlab yuborgan.

Mavzuga oid
Top