20:40 / 25.09.2018
14221

Florentino Peres Ronalduning qaytishini aytdi

«Real» prezidenti Florentino Peres bayonotiga ko‘ra, hujumchi Krishtianu Ronaldu bir kun kelib klubga qaytadi.

«FIFA taqdirlash marosimida ko‘rishganimizda, jon deb uni quchoqlagan bo‘lardim. «Real» fanatlari Ronalduning 9 mavsum davomida klubda to‘p tepganidan faxrlanadilar.

U Alfredo Di Stefanoning munosib merosxo‘ridir, Krishtianu «Real» tarkibida urilgan gollar bo‘yicha rekordchidir, u muxlislar qalbidan o‘chmaydi, u haqdagi xotiralar avloddan-avlodga o‘tib boraveradi.

Krishtianu – qachonlardir «Real»ga qaytadi», – deb Peres so‘zlarini keltirmoqda ESPN.

Mavzuga oid
Top