00:10 / 28.09.2018
4411
Nepalda to‘xtamayotgan yomg‘irlar 117 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Nepalda oxirgi 5 oy davomida kuchli yog‘ingarchilik sababli yuzaga kelgan toshqinlar oqibatida kamida 117 kishi halok bo‘ldi, 183 kishi jabrlandi.

Mahalliy OAVning favqulodda vaziyatlar milliy markaziga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilishicha, kuchli yomg‘irlar aprel oyidan beri to‘xtamayapti.

Shu davr ichida Nepalda 310 ta ko‘chki va 80 dan ko‘proq toshqin qayd qilingan. Tabiiy ofatdan 2,2 mingga yaqin oila jabr ko‘rgan.

Top