Toşkent şahri hokimligi 18 fevral kuni qor yoğişi, u kamida 12 soat davom etişi, yoğingarçilik hajmi ikki oylik me’yordan oşişi mumkinligi haqida xabar berdi. Keyinroq bu xabar tahrirlanib, faqat qor bir neça soat davom etişi haqidagi qismi qoldirildi.

Fuqarolarga zaruratsiz uydan çiqmaslik, şaxsiy transport vositalaridan foydalanişni minimallaştirişga harakat qiliş va harakatlaniş uçun jamoat transportidan foydalaniş tavsiya qilingan.

Aholidan qor va muz massalari tuşişi mumkin bölgan köp qavatli binolardan saqlaniş, quloqçin taqqan holda taşqariga çiqmaslik söraldi — bu yaqinlaşib kelayotgan maşina yoki qor tuşişini eşitmay qolişga olib kelişi mumkin.

Avtomobillarni köp qavatli bino va inşootlar, şuningdek, daraxtlar tagida qoldiriş tavsiya etilmaydi.

«Qor yoğişi oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etiş uçun hokimlik xizmatlari, Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi, Toşkent şahar obodonlaştiriş boş boşqarmasi va boşqa tegişli taşkilotlar şay holatda ekanligini ma’lum qilamiz», deyilgan xabarda.

Elektr yoki gaz ta’minotida uzilişlar yuzaga kelgan taqdirda Markaziy dispetçerlik xizmatining 1055 raqamiga yoki Telegram orqali murojaat qiliş mumkin.

«Özgidromet» ham bugun Özbekiston böyiça yoğingarçilik (yomğir, qor) bölişi haqida xabar bergandi. Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm viloyatida yoğingarçilik kutilmaydi. Ba’zi joylariga tuman tuşadi. Yöllarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Şamol 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/sekundgaça kuçayişi mumkin. Harorat –3...+2, şimolda 0...–5 daraja böladi.

Xabarda poytaxtda vaqti-vaqti bilan qor yoğişi, tuman tuşişi mumkinligi, yöllarda yaxmalak kuzatilişi, şamol 3–8 metr/sekund tezlikda esişi, harorat –1...+1 daraja bölişi aytilgan, ammo qor 12 soat davomida uzluksiz yoğişi haqida ogohlantiriş berilmagandi. 

Toğli hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yoğadi, tuman tuşişi mumkin. Yöllarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Qor köçiş xavfi bor. Şamol 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat –4...–9 daraja böladi.

  • Bundan oldinroq Favqulodda vaziyatlar vazirligi Özbekiston fuqarolarini qorli va sovuq kunlarda köçada ehtiyotkorlik bilan harakatlanişga, binolar tomidan tuşişi mumkin bölgan qor va muzlardan ehtiyot bölişga çaqirgandi.