10:28 / 03.10.2018
13791

O‘zbekiston birjasida yevro 10 000 so‘mlik ko‘rsatkichga qaytdi

Foto: Depositphotos

O‘zbekiston valyuta birjasida yevro 2 oktabr kuni 10 ming so‘mlik ko‘rsatkichda sotildi. Bundan Respublika valyuta birjasidagi ma'lumotlar darak bermoqda.

Birjada yevro bilan operatsiyalar valyutani erkinlashtirish boshlanganidan so‘ng, may oyi boshida birinchi marta boshlandi.

O‘shanda valyuta 10 100 so‘mlik narxda savdo qilindi, shundan keyin pasayish boshlandi va avgustda yevro 9 ming so‘mga yaqinlashdi.

Sentyabr oyi o‘rtalarida so‘m keskin tushib ketdi va yevro avvaliga 9 300 so‘mga qaytdi, keyin 9 500 so‘mga yaqinlashdi. Birjada yevro yanada tezlik bilan o‘sib bormoqda.

Markaziy bank so‘m pasayishini so‘nggi uch oy mobaynida tashqi iqtisodiy sharoitlarning yomonlashuvi bilan izohladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda dollar kursi yana keskin ko‘tarilgani xabar qilingandi

Mavzuga oid
Top