Moskva birjasida 1 yevro 90 rubldan, 1 dollar 82 rubldan oşdi. Bungaça şunga öxşaş körsatkiçlar 2022 yilning aprel oyida qayd etilgan edi.
Moskva birjasida 1 yevro Toşkent vaqti bilan soat 14:10 da 90,3 rubl, dollar 82,5 rubl körsatkiçidan oşib ketdi. Bu haqda 7 aprel, juma kuni birja saytida e’lon qilingan valuta bozori holati böyiça elektron tablo ma’lumotlarida aytilgan. Bungaça şunga öxşaş körsatkiçlar 2022 yilning aprel oyida qayd etilgan edi.
Tahlilçilar rublning zaiflaşişi sabablari orasida Rossiyadan kapitalning çiqib ketişi natijasida valutaga spekulyativ talabni, Ğarb sanksiyalari fonida eksport kamayişi bilan importning ösişini, neft narxi kötarilişi tufayli Rossiya Moliya vazirligi çet el valutasi savdosini kamaytirganini keltirdi.
2023 yil yanvar-fevral oylarida Rossiya budjeti taqçilligi, Moliya vazirligi dastlabki ma’lumotlariga köra, 2,581 trillion rublni yoki yil uçun rejalaştirilgan 2,925 trillion rublning deyarli 90 foizini taşkil etdi. Muammolar, tahlilçilarga köra, neft va gaz sotişdan tuşgan daromadlar bilan boğliq. Vazirlik dastlabki hisob-kitoblariga köra, ular deyarli yarmiga qisqardi. Bu, asosan, neft narxi pasayişi va tabiiy gaz eksporti qisqarişi bilan boğliq, deb e’lon qildi Rossiya Moliya vazirligi.
Mutaxassislar ta’kidlaşiça, gaz eksporti kamayişi ham Rossiyaga YeI davlatlari tomonidan joriy etilgan iqtisodiy sanksiyalar, ham Rossiyaning özi «döst bölmagan» mamlakatlarga energiya yetkazib berişdan boş tortgani va «Şimoliy oqim» gaz quvuri yopilişi bilan boğliq.
Iqtisodçi Sergey Aleksaşenko yil oxirigaça bu körsatkiç 4,5 trillion rublgaça kötarilişini başorat qildi. «Moliya vazirligida bu teşikni yopiş uçun ikkita manba bor: hozirda 6,5 trillion rublga ega bölgan Milliy farovonlik jamğarmasidan foydalaniş. Şunga köra, ular teşikni 2023 yilga yopişsa, unda bir neça trillion rubl qoladi. Ikkinçi variant. davlat banklarining krediti, ular bilan muzokaralar olib boriş oson böladi va banklar, hozirgi haqiqatda, investitsiya qiladigan joyi yöq, şuning uçun bu ular uçun ham foydalidir. Endi Moliya vazirligi özini nisbatan xavfsiz his qilişi mumkin, ammo 2024 yilgi budjet tuşunarsiz holatda qolişini bilyapti», dedi Aleksaşenko.












