8441.36 USD -14.01

9493.15 EUR -61.42

131.78 RUB +0.25

10963.6 GBP -96.83

22:40 / 08.10.2018 4869

Xiaomi Marsda yashash modulini taqdim qildi

Foto: Xiaomi

Xiaomi kompaniyasi OPEN Architecture dizaynerlik kompaniyasi bilan birgalikda Marsni zabt euvchilar uchun yashash moduli kontseptini taqdim qildi.

Turar-joy moduli 2,4 metr x 2,4 metr x 2 metrlik o‘lchamli mustahkam korpusga ega bo‘lib, korpus yashash uchun mo‘ljallangan sharsimon bo‘lim bilan birikkan. Uy ichida kondensat, shamol va quyosh energiyasini yig‘uvchi tizim o‘rnatilgan. Kapsula smartfon yoki kompyuterdan boshqariladi va Xiaomi ekotizimiga ulanishi mumkin.

Xiaomi’da aytilishicha, modul shunday tarzda yig‘ilganki, uni tezda yig‘ishtirib, Qizil sayyora bo‘ylab olib yurish imkoni mavjud. Xitoy kompaniyasi ushbu kontsept bilan 4 noyabrda Pekinda ochiladigan ko‘rgazmada tanishish imkonini taklif qilgan.

Teglar

Top