12:53 / 16.10.2018
7160

Konstantin Akulov «O‘zikkilamchiranglimetall» zavodining bosh direktori etib tayinlandi 

Foto: uzvtorcvetmet.uz

Hukumat qarori bilan Konstantin Mixaylovich Akulov “O‘zbekiston rangli metall parchalari, chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi” aksiyadorlik jamiyatining bosh direktori etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi Telegram-kanali xabar berdi.

Ushbu lavozimda Akulov zavodni 2015 yildan beri boshqarib kelgan Farhod Abdullayevni almashtirdi.

“O‘zbekiston rangli metall parchalari, chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi” AJ bugungi kunda respublikaning barcha hududlarida o‘z tayyorlov tashkilotlari tarmog‘iga ega bo‘lgan va respublika iqtisodiyotining barcha sohalarini sifatli rangli metallar bilan ta'minlovchi zamonaviy korxona hisoblanadi. 

Mavzuga oid
Top