8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

20:08 / 25.10.2018 20824

Saudiya Arabistoni bosh prokurori Qoshiqchi qasddan o‘ldirilganini tan oldi

Foto: EPA\UPG

Saudiya Arabistoni bosh prokurori Saud Ol-Mo‘jab jurnalist Jamol Qoshiqchi qasddan o‘ldirilganini tan oldi. Bu haqda Al Arabiya telekanali ma'lum qildi.  

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, Saudiya prokuraturasi jurnalistning o‘ldirilishiga aloqadorlikda gumon qilinayotganlarga nisbatan tergovni davom ettirmoqda.  

Bungacha Ar-Riyodning pozitsiyasi jurnalist Istanbuldagi konsullikda so‘roq vaqtida chiqqan mojaro davomida bexosdan o‘ldirib qo‘yilganidan iborat bo‘lgan. Biroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 23 oktabrda qotillik avvaldan rejalashtirilganini aytgan.

Top