8277.53 USD +6.26

9451.28 EUR +76.62

125.56 RUB +3.77

10625.9 GBP -105.28

00:10 / 09.11.2018 7231

Amazon rahbari saylovlar sababli bir kunda 9 mlrd dollarga boyidi

Фото: Andrew Kelly / REUTERS

Amazon asoschisi va dunyoning eng badavlat odami Jyeff Bezos AQSh kongressiga oraliq saylovlardan keyin AQSh fond birjasidagi savdoda eng ko‘p pul topgan odamga aylandi. 

Amazon aksiyalari narxi 7 foizga qimmatlashgach, Bezosning boyligi bir kunda 8,9 mlrd dollarga ko‘paydi. Forbes Real Time reytingiga ko‘ra, ayni vaqtda milliarderning boyligi 144,7 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. U dunyoning eng boy odami bo‘lib qolmoqda. Uning ortidan Bill Geyts (97,1 mlrd dollar) va Uorren Baffet (90,9 mlrd dollar) kelmoqda.

7 noyabrda saylovlarning dastlabki natijalari e'lon qilingach, barcha moliyaviy indekslar yuqorilagan. Mavhumlikni yoqtirmaydigan sarmoyachilar Dow Jones sanoat indeksini 500 punktdan ko‘proqqa ko‘tarishgan. 

Amazon’ning 16 foiz aksiyasiga ega bo‘lgan Bezosning boyligi miqdori tez-tez o‘zgarib turibdi. Oktyabrda uning boyligi ikki kun ichida 19 mlrd dollarga kamayib ketgan. Biroq umuman olganda, 2017 yilda milliarderning boyligi faqat ko‘paygandi. Bezosning boyligi qisqa vaqt ichida deyarli 2 karra ko‘paygan, vaholanki o‘tgan yil u 80 mlrd dollarni tashkil qilgan.  

Top