Amazon asosçisi Jyeff Bezosning yangi superyaxtasi ötgan hafta Niderlandiyadagi kemasozlik şirkatini tark etdi va 12 aprel, çorşanba kuni Ispaniya qirğoqlari yaqiniga, Mayorkadan unça uzoq bölmagan hududga keldi va u yerda sinovdan ötkazilmoqda. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Agentlik manbasiga köra, yaxtada kemaning barça elementlari töğri işlaşini ta’minlaşga yordam beradigan dengiz sinovlari boşlandi. Bezosga yetkazib berişdan oldin, kema hali oxirgi işlov beriş uçun şirkatga qaytarilişi mumkin. Milliarder yoz mavsumi boşigaça yaxtaga ega böladi, deya qayd etgan Bloomberg.

Ilgari Y721 nomi bilan tanilgan kema endi Koru deb röyxatga olindi. Koru - maori san’atining spiral elementi bölib, u yangi hayot, ma’naviy ösiş va taraqqiyotni anglatadi. 127 metr balandlikdagi Koru, Boat International ma’lumotlariga köra, dunyodagi eng katta yelkanli yaxta va Niderlandiyaning Oceanco şirkati tomonidan qurilgan eng katta kemalardan biridir.

Kema oçiq dengizga çiqa olişi uçun Rotterdam hukumati tarixiy De Hef köprigini qisman demontaj qilişga tayyor edi. Köprikning markaziy qismini 40 metrga kötariş mumkin, ammo bu masofa uning ostidan uç ustunli yaxta ötişi uçun yetarli emas. Keyinçalik Oceanco jamoatçilikning noroziligi tufayli bu ğoyadan voz keçdi va kemani maçtalarsiz dengizga olib çiqdi.

Bloomberg qayd etişiça, Bezosning yangi yaxtasi birinçi marta muammo tuğdirayotgani yöq. Yelkanlar kattaligi tufayli kema bortida vertolyot maydonçasini joylaştirişning imkoni bölmadi, şuning uçun Amazon rahbari platforma bilan jihozlangan yordamçi yaxtaga buyurtma berdi, u hamma joyda asosiy kemani kuzatib boradi. Agentlik ma’lumotlariga tayanib, hozirda kema Koru'ning dengiz sinovlariga qöşiliş uçun Atlantika okeanini kesib ötmoqda.