16:06 / 14.11.2018
54771

O‘zbekistonda yangi partiya tashkil etiladi

Foto: KUN.UZ

Toshkentdagi Xalqaro savdo markazida yangi partiya tashkil etish bo‘yicha mamlakat fuqarolaridan iborat tashabbuskorlar guruhining majlisi bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zA’ning yozishicha, O‘zbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi qonunining 6-moddasiga asosan ekologik partiya tashkil etish bo‘yicha mamlakat fuqarolaridan iborat tashabbuskorlar guruhi shakllandi. Bugun, 14 noyabr kuni Xalqaro savdo markazida yangi partiya tashkil etish bo‘yicha majlis o‘tkazilyapti. Boriy Alixonov raisligida o‘tkazilayotgan mazkur anjumanda vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etmoqda.

Ayni paytda O‘zbekiston ekologik partiyasi tashkil etilishi ma'lum qilindi. 

Bugungi kunda mamlakatda 4ta siyosiy partiya – O‘zbekiston Xalq-demokratik partiyasi, «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi, «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi hamda O‘zbekiston Ekologik harakati faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Ekologik harakati aholining ekologik madaniyatini oshirish bilan bog‘liq barcha yumushlarni o‘z zimmasiga olgan.

Top