2022 yilda Özbekiston prezidenti tomonidan imzolangan «Çiqindilar bilan boğliq işlarni taşkil etiş tizimini isloh qiliş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida»gi 189-son farmoni bilan maişiy çiqindilarni töplaş, taşiş, saralaş va qayta işlaş faoliyati bilan şuğullanuvçi sanitar tozalaş korxonalariga qator imtiyozlar taqdim etildi.
«Ta’kidlaş joizki, uşbu preferensiyalar taqdim etilişi turli qiyinçiliklar ta’siridan çiqib keta olmayotgan soha korxonalari uçun ayni muddao bölib xizmat qilmoqda. Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi va viloyatlar hokimlari raisligida taşkil etilgan tender komissiyalari tomonidan oçiq tenderlarda iştirok etgan va davlat-xususiy şeriklik bitimini imzolaş huquqini qölga kiritib, ğolib bölgan barça tadbirkorlar bir qança ijtimoiy va iqtisodiy imtiyozlarga ega bölişdi», deyiladi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi matbuot xizmati xabarida.
Farmon ijrosi yuzasidan amalga oşirilgan çora-tadbirlar natijasida quyidagi yutuqlarga erişildi:
- 126 ta tuman-şaharlarda xizmat körsatib kelayotgan xususiy şeriklar – tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan 67 ta davlat-xususiy şeriklik (DXŞ) loyihalari işga tuşirildi;
- sohada xususiy sektor uluşi 80 foizga yetkazildi;
- xizmat körsatiş bilan qamrov darajasi DXŞ loyihalari amalga oşirilgan hududlarda 98 foizga oşdi;
- xizmat körsatiş hajmi 2021 yilning mos davriga nisbatan 36 foizga ortdi va 66,1 mlrd sömni (2021 yil mart oyida 48,7 mlrd söm), majburiy tölovlarni undiriş darajasi esa 38 foizga ortib, 50,5 mlrd sömni (2021 yil mart oyida 35,8 mlrd söm) taşkil qildi va bu körsatkiçlar ösişda davom etmoqda;
- bugunga qadar 174,3 mlrd söm xususiy investitsiya mablağlari jalb etilgan.
DXŞ loyihalari doirasida imzolangan bitimlarga muvofiq xususiy şeriklar tomonidan jami 1261 mlrd sömlik investitsiya kiritiş hisobiga 1129 ta çiqindi taşiş maxsus texnikasi va 7827 ta çiqindi konteyneri xarid qiliş, 1017 ta çiqindi yiğiş şoxobçasi, 72 ta qayta yuklaş stansiyasi, 60 ta saralaş va 49 ta qayta işlaş zavodlarini quriş nazarda tutilgan.
«Şu örinda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi çiqindilar bilan boğliq işlarni boşqarişda taşabbus körsatayotgan xususiy sektordagi sanitar tozalaş korxonalari faoliyatini taşkil etiş bilan boğliq hujjatlar bilan yaqindan taniştiriş, yutuq va kamçiliklarni örtoqlaşiş uçun hamkorlikka doim tayyor ekanligini ma’lum qiladi», deyiladi xabarda.











