07:18 / 21.11.2018
4453
BMTda dehqonlar huquqlari haqidagi deklaratsiya qabul qilindi
Foto: RIA Novosti / Roman Maxmutov

BMT Bosh assambleyasining uchinchi qo‘mitasidagi aksariyat davlatlar dehqonlar va qishloq xo‘jaligida ishlovchi boshqa shaxslarning huquqlari haqidagi deklaratsiyani ma'qullashdi.

Tashkilot matbuot xizmatining xabar qilishicha, hujjatni 119 ta davlat qo‘llab-quvvatlagan, 7 davlat qarshi chiqqan, 49 davlat betaraflik bildirgan.

Deklaratsiya loyihasidan iborat rezolyutsiya Boliviya delegatsiyasi tomonidan Kuba, Mo‘g‘uliston, Nikaragua, Paragvay, Portugaliya, Ekvador va Janubiy Afrika bilan hammualliflikda kiritilgan.

Hujjatga ko‘ra, dehqonlar ocharchilik, nochorlik va to‘yib ovqat yemaslik, atrof-muhit holati yomonlashishi va iqlim o‘zgarishidan eng ko‘p darajada aziyat chekadilar.

Deklaratsiyada qishloq hududlaridagi mavsumiy ishchilar, jumladan mehnat muhojirlarining huquqlari haqida gapirilgan. Unda barcha dehqonlar xavfsiz va munosib sharoitlarda mehnat qilish huquqiga ega ekanliklari ta'kidlab o‘tilgan.

Top