14:01 / 21.11.2018
8956
Rossiya epidemiyaga qarshi laboratoriyani O‘zbekistonga topshirdi

Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova epidemiyaga qarshi mobil laboratoriyalarni Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, O‘zbekiston va Gvineya davlatlariga topshirdi. 20 noyabr kuni Saratovda boshlangan «MDHga a'zo davlatlarda sanitariya-epidemiologiya darajasini ta'minlash» Davlatlararo ilmiy-amaliy konferensiyasida laboratoriyalar kalitlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi, deya xabar qilmoqda TASS.

«O‘tgan uch yil mobaynida 12ta mobil laboratoriya MDH davlatlariga topshirildi», - dedi Popova. Uning ta'kidlashicha, ish, jumladan, o‘lat o‘choqlarida olib borilmoqda.

Noyob mobil epidemiologik komplekslar dunyoda biologik xavfsizlik va samaradorlik jihatidan boshqa analoglarga ega emas. Laboratoriya olti kompleksdan iborat bo‘lib, sayyoraning istalgan qismiga bir kun ichida yetkazib berilishi mumkin. Kompleks xavfli infeksiyalar va biologik moddalar, oziq-ovqat, havo hamda suvda ifloslantiruvchi moddalarni bir sutkada 500dan 3 minggacha namunada tekshirishi mumkin. 35 nafar xodimning ishlashi nazarda tutilgan.

20-21 noyabr kunlari Saratovda «MDH davlatlarida sanitariya-epidemiologiya darajasini ta'minlash» Davlatlararo ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Anjumanda 13 davlatdan 500dan ortiq kishi ishtirok etyapti.

Top