11:10 / 25.11.2018
7359

Ferrari haqida 22500 funt sterlinglik kitob chop etildi (video) 

Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi Drivetribe hamjamiyati sahifasida Taschen nashriyot uyining italiyalik jurnalist Pino Altiyevi bilan hamkorlikda nashr etgan “Il Fascino Ferrari” kitobi namoyish qilingan video joylashtirildi. Kitobning o‘ziga xosligi shundaki, u alyuminiydan ishlangan, V12 dvigateli ko‘rinishidagi taglikka ega va narxi 22500 funt sterlingni tashkil qiladi. 

Kitob italyan markasi va xususiy kolleksionerlar arxivlaridan olingan yuzlab suratlar, rasmlar va eskizlardan iborat 480 sahifalik kitob bo‘lib, Collector’s va Art Edition variantlarida chiqarilgan. Kitobning Art Edition varianti 250 dona miqdorida chop etilgan bo‘lib, aynan u original g‘ilof va taglik bilan taklif qilinmoqda. Kitobning Collector’s varianti ancha arzonroq – 4500 funt sterling turadi. 

Ferrari haqidagi eng qimmat kitobning narxi 38400 yevro bo‘lib, Sotheby’s auksion uyi aynan shu narxga ugleplastikdan ishlangan va oq brilliant bilan bezalgan g‘ilofga ega The Official Ferrari Opus, Diamante Edition kitobini sotgan. 

Mavzuga oid
Top