Yevropa kutubxonalaridan kitob o‘g‘irlagan 9 nafar Gurjiston fuqarosi qo‘lga olindi
Gurjiston va Yevropa Ittifoqining qator mamlakatlarida o‘tkazilgan operatsiya davomida Yevropa kutubxonalaridan qadimiy rus kitoblarini o‘g‘irlagan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi, deb xabar berdi Yevropol. Gurjiston rasmiylari tergov olib bormoqda.
Yevropa tergov organlari Yevropa kutubxonalaridan qadimgi rus kitoblarini o‘g‘irlagan jinoyatchilarning iziga tushishga muvaffaq bo‘ldi. Yevropolning 25 aprel, payshanba kuni xabar berishicha, 23 va 24 aprel kunlari Gurjiston, Latviya, Litva, Fransiya va Estoniyada Gurjiston fuqaroligiga ega bo‘lgan yetti nafar gumonlanuvchi qo‘lga olingan, yana ikki nafari Fransiyada sud nazorati ostida.
Yevropa politsiyasi hisobotiga ko‘ra, 100 dan ortiq huquq-tartibot xodimlari Gurjiston va Latviyada joylashgan 27 ta joyda tintuv o‘tkazgan. Ular to‘rt nafar gumonlanuvchini hibsga olishdan tashqari, 150 dan ortiq kitoblarni ham musodara qildi. Fransiyada o‘g‘irlangan kitoblardan biri allaqachon qaytarilgan.
Kamida 170 ta noyob kitoblar o‘g‘irlangan
Umuman olganda, jinoiy guruh 2022 va 2023 yillarda Germaniya, Estoniya, Latviya, Litva, Polsha, Finlandiya, Fransiya, Chexiya va Shveytsariya milliy va tarixiy kutubxonalaridan kamida 170 dona nodir kitoblarning o‘g‘irlanishi uchun javobgar ekani taxmin qilinmoqda. O‘g‘rilar asosan rus yozuvchilarining kitoblarini, xususan, Aleksandr Pushkin yoki Nikolay Gogolning birinchi nashrlarini olgan. Moliyaviy zarar taxminan 2,5 million yevroga baholanmoqda. «O‘g‘irlangan tarixiy ashyolarning bir qismi Sankt-Peterburg va Moskvadagi auksion uylari orqali sotilgan, bu ularni amalda qaytarib bo‘lmas holga keltiradi», — deyiladi Yevropol bayonotida.
Agentlikning ta’kidlashicha, Gurjiston rasmiylari uyushgan jinoiy guruh bir necha a’zolarining shaxsi va joylashuvini aniqlash bo‘yicha tekshiruv boshlagan. Yevropa adliya organi ko‘magi va mablag‘i bilan Fransiya, Gurjiston, Litva, Polsha, Shveytsariya, shuningdek, Yevropola ishtirokida qo‘shma tergov guruhi tuzildi.
Odatda, kitoblarni o‘g‘irlash bir xil sxema bo‘yicha amalga oshirilgan: jinoyatchilar soxta pasportlardan foydalangan holda 19-asr rus adabiyoti tadqiqotchisi sifatida kelgan. Qimmatbaho nashrlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lib, qadimiy kitobning har bir sahifasidan nusxa ko‘chirishgan, keyingi tashrifida xuddi shu kitobga buyurtma berishgan va uni o‘zi bilan olib kelgan yuqori sifatli nusxaga almashtirishgan.
Mavzuga oid
09:10
Gurjistonda politsiya parlament binosi yaqinida namoyishchilarni tarqatmoqda
18:43 / 03.12.2024
Gurjiston Konstitutsiyaviy sudi prezidentning parlament saylovi natijalarini bekor qilish haqidagi da’vosini rad etdi
18:09 / 03.12.2024
Abxaziya parlamenti Rossiya bilan investitsiya kelishuvini ma’qullamadi
09:06 / 03.12.2024